Joriy yilning 18-mart kuni "Ipak yo'li"turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1- bosqich talabalariga "Turizm menejmenti" fakulteti dekani N.Xushvaqtov tomonidan “Kelajak soati” rukni ostida "Yil boshi Navro'z" mavzusida marifat darsi o'tkazildi.
Ushbu dars orqali talabalarimizga Navro‘z bayramining boy tarixi, milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni va insoniylik, mehr-oqibat, yangilanish kabi ezgu g‘oyalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Navro‘z — bu nafaqat yangi yil boshlanishi, balki qalblarda yangilanish, tabiat bilan uyg‘unlik va insonlar o‘rtasida mehr-muhabbatni mustahkamlovchi muqaddas ayyomdir.
Dars davomida talabalar faol ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
Barchangizni kirib kelayotgan Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etamiz!