UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Orientation Days” tadbirlari doirasida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

22.09.2025 1 daq o'qish 1

“Orientation Days” tadbirlari doirasida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

“Orientation Days” tadbirlari doirasida talabalarga o‘zlari ta’lim oladigan yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. Ushbu jarayonda universitetning yetakchi kafedralari tomonidan maxsus taqdimotlar tashkil etilib, professor-o‘qituvchilar talabalar bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi. Taqdimotlar davomida kafedra vakillari o‘z faoliyat yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining mazmun-mohiyati, ilmiy izlanish imkoniyatlari va xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokida olib boriladigan mashg‘ulotlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar. Shuningdek, talabalar uchun mo‘ljallangan amaliyot dasturlari, innovatsion loyihalar va ilm-fan sohasidagi yangiliklar xususida keng tushunchalar berildi.

Ulashish: