Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda umumxalq xayriya hashari hamjihatlikda o'tkazildi

14.03.2026 1 daq o'qish 52

Universitetimizda umumxalq xayriya hashari hamjihatlikda o'tkazildi

2026-yil 13–14-mart kunlari respublikaning barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Hashar davomida universitet hududi va uning atrofi obodonlashtirilib, jamoat joylari hamda piyodalar yo‘laklari tartibga keltirildi.

Bunday tadbirlar atrof-muhitni asrash, hududlarni obod va fayzli saqlash hamda jamiyatda ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Galereya

Ulashish: