UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Aqllar transformatsiyasi: Garvard va universitetimiz yoshlari odatdan tashqari uchrashuvda birlashdi!

21.05.2026 1 daq o'qish 1

Aqllar transformatsiyasi: Garvard va universitetimiz yoshlari odatdan tashqari uchrashuvda birlashdi!

Garvard yetakchi yoshlar sammitining ikkinchi kunida talaba-yoshlar, o‘quvchilar  odatdagi rasmiy uchrashuvlar shioridan butunlay yiroq, erkin va innovatsion ruhdagi noan’anaviy uchrashuv tashkil qilindi. Dunyo ilm-fani cho‘qqisi bo‘lmish Garvard universiteti (Harvard University) va universitetimizning eng porloq va zukko talabalari, Prezident makbati o‘quvchilari bir stol atrofida to‘planib, chinakam "fikrlar bo‘roni" (brainstorming) taqdim etdilar. Bu uchrashuvda ma’ruzalar o‘qilmadi, uzundan-uzoq hisobotlar berilmadi. Bu yerda faqat ilm, intellektual erkinlik va kelajakni o‘zgartirishga qodir g‘oyalar jarangladi.  "Bugun bu yerda aytilgan har bir fikr – ertangi kunning kashfiyotiga ilk qadamdir."

Ulashish: