Mazkur mavzuda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori Sh.Zayniddinova boshchiligida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan tashkil etilgan Yoshlar kreativ bog'ida tarbiyaviy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi hamda jamiyat uchun keltiradigan zararli oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida kreativ rasmlar talabalarning o‘z ijodiy ishlari orqali sog‘lom hayotni targ‘ib qilib, giyohvandlikka qarshi o‘z munosabatlarini ifoda etdilar.
Shu bilan bir qatorda talabalarga sport bilan muntazam shug‘ullanish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va sog‘lom hayot tarzini tanlash muhimligi yana bir bor ta’kidlandi hamda qiziqarli sport o‘yinlari tashkil etildi.