“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muxsinjon Xolmuxamedov va O‘zbekiston–Xitoy ta’lim va sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi (UCADES) rahbari Vey Tse o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi:
· talabalar va professor–o‘qituvchilar almashinuvi;
· qo‘shma ilmiy loyihalar va qo‘shma ta’lim dasturlari;
· sport musobaqalari va madaniy tadbirlar;
· Xitoyning yetakchi ta’lim muassasalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish.
Memorandum ikki mamlakat – O‘zbekiston va Xitoy – ta’lim, fan, sport va madaniyat sohalarida uzoq muddatli sheriklikning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi.