Talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, ularni ma’naviy barkamollikka yo‘naltirish maqsadida universitet kutubxonasida “Yangi uyg‘onish davri kitob va kutubxonadan boshlanadi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy aksiya tashkil etildi. Tadbir doirasida 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Universitetim kutubxonasiga mening sovg‘am” nomli kitob ulashish aksiyasi ham o‘tkazildi. Ushbu tashabbus orqali talabalar o‘zlari sevib o‘qigan asarlarni kutubxona fondiga hadya etishdi hamda do‘stlarini ham kitob mutolaasiga chorlashdi. Tadbir yakunida universitet ma’muriyati barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, kitobxonlikni targ‘ib etuvchi bunday ezgu tashabbuslarni muntazam davom ettirish lozimligini ta’kidladi.