2025-yil 5-sentabrda Turkiya Respublikasi TIKA Toshkent ofisi Koordinatori Esin Acar Ergin boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Turkiya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, turizm va madaniy meros sohasi bo‘yicha istiqboli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.