2025-yil 29-oktabr kuni universitet хotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova tomonidan 1-bosqich talaba-qizlari uchun кengash qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klubi a’zoligiga saralash jarayonining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Turizm” kafedrasi o‘qituvchilari A.Izbasarova, M.Amridinova ва universitet psixologi D.Turdiyeva hay’at a’zolari sifatida 20 dan ortiq iqtidorli va qobiliyatli talaba qizlarning bir-biridan ajoyib chiqishlarini o‘rganishdi va saralab olishdi.
She’riyat, suxandonlik, xonandalik, hunarmandchilik, notiqlik, rassomchilik, raqs, dizayn, media, siyosat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etgan qizlarning o‘n nafari keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Har sohada ilg‘or bo‘lgan qizlarimizning o‘z qiziqishlarini o‘qish bilan barobar olib borayotganligi juda quvonarli hol.