2025-yil 4-avgust kuni “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida xorijiy tillar bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklarning navbatdagi dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mazkur to‘garaklarda talabalar, maktab o‘quvchilari hamda mahalla yoshlari faol ishtirok etmoqda.
Ushbu tashabbus yoshlarning xorijiy tillarni chuqur va mukammal o‘rganishiga, ularning bilim saviyasini oshirishga xizmat qilayapti. To‘garaklarda 100 nafarga yaqin yoshga malakali ustozlar tomonidan ingliz, rus va boshqa xorijiy tillar chuqur o‘rgatilmoqda.
Bunday to‘garaklar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, bilim olish va o‘z ustida ishlashida muhim ahamiyat kasb etayapti.