2025-yil 10 -iyul kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari o‘rtasida Badminton-Kubogi sport turniri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi. Turnirda ishtirokchilar jamoaviylik ruhida bellashib, o‘z jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratini namoyish etdilar.
Musobaqa davomida sportga oid ijobiy muhit yaratildi, yoshlar orasida sog‘lom raqobat kuchaydi hamda sportga mehr uyg‘otildi. G‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Badminton-Kubogi turniri yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni jismonan chiniqtirish va sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.