UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

"Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida talabalar uchun amaliy mahorat darsi tashkil etildi

21.07.2025 1 daq o'qish 1

"Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida talabalar uchun amaliy mahorat darsi tashkil etildi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti PR va matbuot xizmati tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida jurnalistika, video tasvirga olish, montaj ishlari va foto materiallar tayyorlashga qiziqqan talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda talabalar bilan ochiq va yaqin muloqot o‘rnatilib, ularning ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Dars davomida ishtirokchilarga startap loyihalarni shakllantirish, grafik dizayn yaratish, foto va video tahrirlash bo‘yicha zaruriy amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi va kasbiy rivojlanish yo‘lida muhim bo‘lgan maslahatlar olishdi. Mahorat darsi talabalarga nafaqat bilim, balki yangi g‘oya va ilhom manbai bo‘ldi.

Ulashish: