Shuningdek, universitetda dual ta’limni joriy etish bo’yicha talabalar hamda ish beruvchilari uchun qisqa kurslar tashkil etildi. Mazkur kurslarda dual ta’lim shakli va uni joriy etilganligi bo‘yicha asosiy tushunchalar berib o‘tildi. Universitetda oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida ish beruvchi korxonalardan “Hilton Garden Inn Samarkand” mehmonxonasi, “Khan Hotel Samarkand” mehmonxonasi, “Sogda tour” xususiy sayyohlik firmasi va “Polyglot” til maktabi oʻzlarining taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.