Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi tomonidan Sharqiy Yangi yilni nishonlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil qilindi

17.02.2026 1 daq o'qish 43

Universitetimiz Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi tomonidan Sharqiy Yangi yilni nishonlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil qilindi

Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasida koreys va xitoy tillari yo‘nalishlari professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan tashkil etilgan Sharqiy Yangi yilni nishonlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni Sharqiy Osiyo mamlakatlarining boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Bayram doirasida talabalar tomonidan qiziqarli taqdimotlar, ijodiy chiqishlar va turli madaniy dasturlar namoyish etildi.

Mazkur tadbirni o‘tkazish kafedraning ta’limiy hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarining muhim qismiga aylandi. Shu bilan birga, u talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar va o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Galereya

Ulashish: