UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil qilindi

18.11.2025 1 daq o'qish 1

Universitetimizda 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan universitetimizda TTK-125 guruh talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalarimiz davlat ramzlariga chuqur hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yana bir bor yorqin namoyon etishdi.

Dastur davomida O‘zbekiston Respublkasi Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, undagi rang va belgilar mazmuni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida bilimni mustahkamlovchi qiziqarli savol-javoblar, ijodiy chiqishlar tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilarga nafaqat bayrog‘imizning muqaddasligini chuqurroq anglash, balki milliy qadriyatlarga mehr, birlik va birdamlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash imkonini berdi.

Ulashish: