Turizm kafedrasi dotsenti v.b. M. Amiriddinova rahbarligida magistratura ta’lim yo‘nalishidagi TH-125 va TH-225 guruhlari talabalari o‘rtasida tanlov tashkil etildi. Tanlovda talabalar turizm, mehmondo‘stlik va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqur anglash hamda uni ijodiy yondashuv orqali namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan banner va broshyuralar nafaqat mazmunan boy, balki dizayn jihatidan ham yuqori saviyada bo‘lib, turizm sohasi rivojiga doir innovatsion g‘oyalar, xalqaro tajribalar va mahalliy qadriyatlar uyg‘unligini aks ettirdi. Tanlov jarayonida talabalar faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turdilar.
Bunday tanlovlar talabalar uchun muhim tajriba bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, ularning kasbiy mahoratini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.