2025-yilning 21-22-noyabr kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari amaliyotchi psixologlari qatnashdi. Jumladan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva ham anjuman ishtirokchisi bo‘ldi.
Tadbirda mamlakatimizda psixologiya fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar, tadqiqotchilar o‘z ma’ruzalari, amaliy ahamiyatga ega taqdimotlari bilan o‘rtoqlashishdi. Bu kabi anjumanlar amaliyotchi psixologlar uchun o‘ziga xos tajriba maydoni bo‘lib xizmat qilayapti.
Konferensiya doirasida o‘tgan sho‘ba treninglarida yoshlar ruhiyati, raqamli makonning psixologik ta’siri, oilaviy tarbiya muhiti, o‘smirlar xulqi va psixoprofilaktikaning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.