UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Turkiyaning Giresun universiteti rektori, professor Yilmaz Jan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetning Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov samimiy qabul qildi.

19.09.2025 1 daq o'qish 1

Uchrashuv davomida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, uni rivojlantirish istiqbollari, ilmiy-tadqiqot faoliyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Ayni paytda “Ipak yo‘li” universiteti Turkiyaning qator nufuzli oliygohlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani bilan e’tiborga molikdir. Bu esa universitetning xalqaro nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy ta’lim va yashash sharoitlari, infratuzilma, laboratoriyalar, axborot-resurs markazi hamda madaniy-ma’rifiy muhit bilan yaqindan tanishdilar.

Ulashish: