“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining vakillari – iqtisodiyot fanlari doktori, professor, biznes-trener va maslahatchi Aleksandr Lukich Gaponenko boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarga universitet faoliyati, mavjud infratuzilma, ilmiy salohiyat hamda xalqaro aloqalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Delegatsiya vakillari oliygohda yaratilgan zamonaviy ta’lim va ilmiy muhit bilan yaqindan tanishishdi.