2025 yil 15-noyabrda Pekin Jiaotun Universiteti Barqaror Transport Innovatsiyalari Markazi (STIC) delegatsiyasi universitetimizga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini universitetimiz ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, professor D.Nasimov Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor professor Toni Zoular kutib olishdi.
Uchrashuv davomida ikki tomon ilmiy tadqiqot, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, yashil transportni rivojlantirish hamda turizm logistikasi kabi sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar hamda Turizm Akademiyasidagi “Shandong oynasi” ko‘rgazma zonasi bilan yaqindan tanishdi.