Pekin Iqtisodiyot va Menejment instituti (BIEM) vakillaridan iborat delegatsiyani universitet prorektori Jozef Xoffman qabul qildi.
Mehmonlar tarkibida qo‘mita a’zosi va vitse-prezident Van Junkong, Aeroport iqtisodiyoti va menejmenti kolleji dekani Chjan Kayvang, Menejment kolleji direktor o‘rinbosari Lu Yanpin, Ilm-fan va texnologiyalar bo‘limi hamda Sanoat-tahlil integratsiyasi bo‘limi direktori Chjao Xuyszyuanlar bor edi.
Ular bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitetimiz nomidan prorektor Tonqyan Zou, o‘qituvchi Megan Yanglar qatnashdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar turizm menejmenti va xalqaro biznes yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama dasturlar ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, xalqaro sanoat-taxlil integratsiyasini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdilar.