"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yoshlar kuni” keng nishonlanmoqda. “Yoshlar kuni” munosabati bilan universitetimizning talaba-qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ommaviy badantarbiya tadbiri tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, qizlarimizning salomatligini mustahkamlash hamda ularda jamoaviy ruhni shakllantirishdir. Yoshlik va shijoat sizni hech qachon tark etmasin!