2025 yil 12-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hududi yanada fayzga to‘ldi. “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari uchun sog‘lom turmush tarzi va sport ruhini targ‘ib etuvchi gimnastika bo‘yicha qiziqarli amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Yoshlar tajribali murabbiy boshchiligida turli jismoniy mashqlarni bajarib, o‘zlarining chaqqonligi, kuchi va bardoshini sinovdan o‘tkazishdi. Mashg‘ulotlar davomida nafaqat sport ko‘nikmalari, balki jamoada ishlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim fazilatlar ham mustahkamlandi.
Tadbir qatnashchilarining ko‘tarinki kayfiyati va sog‘lom raqobat muhiti ushbu kunni unutilmas daqiqalarga aylantirdi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi esa yoshlarning faol, sog‘lom va ma’naviy boy bo‘lib voyaga yetishiga yana bir muhim qadam bo‘ldi.