2025-yil 14-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hududi yoshlarga to‘la shodon maskanga aylandi. “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida maktab o‘quvchilari hamda mahalla yoshlari uchun yugurish va yurish bo‘yicha sog‘lomlashtiruvchi sport tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbir nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki yoshlarda sog‘lom hayot tarziga qiziqishni kuchaytirish, o‘zaro hamjihatlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Ishtirokchilar belgilangan masofalarda yugurish va yurish sinovlarida qatnashib, o‘z kuch va bardoshlarini sinab ko‘rishdi.
Musobaqa yakunida eng yaxshi natija ko‘rsatgan g‘oliblar hamda faol qatnashchilar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi. Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.