UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz o‘qituvchisi Ruminiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Turizm konferensiyasida rais sifatida ishtirok etdi.

03.06.2025 1 daq o'qish 1

Universitetimiz o‘qituvchisi Ruminiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Turizm konferensiyasida rais sifatida ishtirok etdi.

2025-yilning 29-31-may kunlari Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Muhammad Shahparan Ruminiyada bo‘lib o‘tgan “Turizm va Qishloq Hududi: Milliy va Xalqaro Kontekstda” mavzusidagi 27-Xalqaro konferensiyada universitetimiz nomidan rais sifatida ishtirok etdi.

 M.Shahparan Ruminiya Qishloq xo‘jaligi va qishloqni rivojlantirish vazirligi, Ruminiya Akademiyasi hamda (Qishloq va Tog‘li Hududlarni Rivojlantirish Milliy Assotsiatsiyasi) tomonidan rasmiy taklif asosida konferensiyaga chaqirilgan. Muhammad Shahparan ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekistonda ham qishloq xo‘jaligi turizmini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar haqida gapirib, bu yo‘nalishda tajriba almashish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Ulashish: