“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ilmiy rahbarlar hamda magistratura mutaxassisliklari talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv magistrantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish, xususan, magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayonida yuzaga keladigan muhim masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi. Tadbir davomida ilmiy rahbarlar tomonidan dissertatsiya mavzusini tanlash, ilmiy muammo va maqsadlarni aniqlash, tadqiqot metodologiyasini belgilash, ilmiy manbalar bilan ishlash hamda akademik halollik talablariga rioya etish bo‘yicha atroflicha va amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bevosita ilmiy rahbarlarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Talabalar tomonidan dissertatsiya yozish bosqichlari, muddatlar, ilmiy rahbar bilan hamkorlik mexanizmlari hamda baholash mezonlari yuzasidan berilgan savollarga batafsil va tushunarli javoblar taqdim etildi.