Universitetdagi faol talaba yoshlardan tashkil topgan guruh bilan birgalikda "Halollik to'garagi" faoliyatini tashkil etish bo'yicha "Halollik darslarini o'tish metodikasi" o'quv dasturi to'g'risida yig'ilish o'tkazildi. Yig‘ilish davomida mazkur to‘garakning maqsad va vazifalari, uning talaba-yoshlar o‘rtasida halollik, adolat va korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, “Halollik darslarini o‘tish metodikasi” o‘quv dasturining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish tartibi hamda kutilayotgan natijalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.