“Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talaba-yoshlar ishtirokida muhim ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Egamberdiyev Nabi Olimovich mehmon sifatida qatnashdi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda yoshlar oldida turgan dolzarb masalalar, ularning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha suhbat olib borildi.
Xususan:
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish,
kibermadaniyat va internet xavfsizligi,
yot g‘oyalar va zararli oqimlardan ogoh bo‘lish,
kitobxonlik, intizom va ma’naviyatni yuksaltirish kabi mavzularga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ongini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.