2025-yil 19-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida 2025–2026 o‘quv yiliga qabul jarayonining yuqori saviyada tashkil etilgani, ayniqsa kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalar sonining ortgani alohida e’tirof etildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.Yig‘ilishda yaqinda tashkil etilgan Biznesni boshqarish,Turizmva Madaniy meroska fedralariga tayinlangan yangi mudirlar jamoaga tanishtirildi.
Mazkur yig‘ilishda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori J.Xoffman, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori T.Zou hamda boshqa mas’ul rahbarlar va professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, reja va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.
Yig‘ilish yakunida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda talabalar uchun qulay va innovatsion ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalar belgilab olindi.