“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oʻzbekistpn Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi "Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib qilish orqali turistlar oqimini koʻpaytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" PQ-19-son qarori ijrosi hamda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiyot ixlosmandlari uchun unutilmas ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir mehmonlari — shoir va yozuvchi To‘lqin Hayit, adib Safar Olloyor hamda shoir, publitsist Oydinniso Yo‘ldosheva talabalarga o‘z ijodiy olamlari eshiklarini ochib berdi.
Uchrashuv davomida ijodkorlar o‘z hayotiy tajribalari, ijodning ilk qadamlari, bugungi adabiyot jarayonidagi yangilanishlar va zamonaviy ijodkor oldidagi mas’uliyat haqida samimiy suhbat olib bordilar. Talabalar bilan qizg‘in savol-javoblar, she’riyat ohangiga burkangan daqiqalar tadbirga o‘zgacha ruh va ilhom bag‘ishladi.
Mazmunan boy ushbu uchrashuv yoshlarning ma’naviy dunyosini yanada yoritdi, ularni kitobga, ijodga, mushohada va yuksak intellektual fikr sari chorlovchi muhim qadamlardan biriga aylandi.