Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Prezidentimiz tomonidan 2026-yil korrupsiya holatlariga qarshi kurashishda “favqulodda holat” e’lon qilingani bu boradagi islohotlar izchil va qat’iy davom ettirilishidan dalolat beradi.
Ayniqsa, ta’lim sohasida shaffoflikni ta’minlash, inson omili bilan bog‘liq holatlarni bartaraf etish tizimini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yig‘ilishda universitet Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan oliy ta’lim muassasasida ochiqlik, adolat va qonuniylik tamoyillarini yanada mustahkamlash, shuningdek, jamoada korrupsiyaga qarshi immunitetni yanada kuchaytirish bo‘yicha atroflicha fikr va mulohazalar bildirildi.