2026-yil 11-aprel kuni Talabalar turar joyidagi sport majmuasida mini futbol sport turi bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida qizg‘in bahs bo‘lib o‘tdi. Musobaqada oliygohning talabalaridan iborat talablar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy o‘yin mahoratini namoyish qildilar.
Musobaqaning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.