UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetda ''Men – baxtliman!'' motivatsion aksiyasi o‘tkazildi

10.10.2025 1 daq o'qish 1

Universitetda ''Men – baxtliman!'' motivatsion aksiyasi o‘tkazildi

Bugun, 10-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va psixolog D.Turdiyeva “11-oktabr – Butunjahon qizlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida ajoyib aksiya tashkil etishdi.

Ertalabdan universitet jamoasi va talabalarga xushkayfiyat ulashuvchi, dillarni yayratuvchi, ulkan kuch, motivatsiya beruvchi tadbir bayramona muhit yaratib, barchaga quvonch, shodlik onlarini tortiq etdi. Ishtirokchilar bir zum dunyo tashvishlarini unutib, baxt aslida nimada, qaerda degan savolga javob topishdi.  

Ulashish: