13-mart kuni “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tadbirda faol ishtirok etgan yosh volontyorlar va talabalar universitet hovlisiga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekib, yangi yashil maydonlar barpo etishdi. Shuningdek, universitet hududida tozalash va saranjom-sarishta qilish ishlarida faol qatnashishdi.
Bugungi xayriya hashari davomida 30 ga yaqin daraxt ko‘chatlari ekilib, universitet hovlisi yanada go‘zal va ko‘rkam bog‘ga aylantirildi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarning vatanparvarligi va o‘z yurtiga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlaydi.