UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalar parlamenti prezidentligiga yangi nomzod saylandi  

04.06.2026 1 daq o'qish 1

Talabalar parlamenti prezidentligiga yangi nomzod saylandi  

15-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Talabalar parlamenti prezidentligi saylovi ochiq, shaffof va demokratik tamoyillar asosida yuqori saviyada tashkil etildi. Saylov natijalariga ko‘ra, Alamova Ra’no Xamdamovna — 386 ta ovoz (61,1%) bilan Talabalar parlamenti prezidenti etib saylandi.

 3-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Senat yig‘ilishida universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov Senat a’zolariga Talabalar parlamentining yangi prezidenti Alamova Ra’no Xamdamovnani tanishtirdi va tengdoshlari bilan ishlashda omad tiladi. Yig‘ilishda Talabalar parlamentining yangi prezidenti Alamova Ra’no Xamdamovna universitet Senati a’zoligiga ham bir ovozdan qabul qilindi.

 Universitet jamoasi nomidan g‘olibni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ulashish: