2025-yilning 21-aprel kuni universitetda “Global Money Week” (“Umumjahon pul haftaligi”) tadbirlari doirasida “Ertangi moliyaviy imkoniyatlaringiz bugungi qarorlaringizdan boshlanadi” mavzusida amaliy trening oʻtkazildi. Amaliy treningda talabalar uchun oqilona moliyaviy qarorlar qabul qilishni oʻrgatish, jamgʻarish madaniyatini shakllantirish va shaxsiy moliyaviy xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ma’lumotlar berildi. Amaliy trening davomida talabalar moliyaviy savodxonlik yoʻnalishida oʻzlari uchun foydali bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.