UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz talabalari uchun ‘Flora Lavenda Pharm’ bog‘ida amaliy seminar tashkil qilindi

22.10.2025 1 daq o'qish 1

Universitetimiz talabalari uchun ‘Flora Lavenda Pharm’ bog‘ida amaliy seminar tashkil qilindi

Joriy yilning 21-oktabr kuni universitetimiz “Turizm” kafedrasi o’qituvchisi Dilrabo Mardonova va uchinchi bosqich Tour 123-223-guruh talabalari Samarqand shahridagi “Flora Lavenda Pharm” bog’iga tashrif buyurishdi.

"Agroturizmni rivojlantirish imkoniyatlari va ilg'or tajribalar" mavzusi yuzasidan talabalar bilan birgalikda “Flora Lavenda Pharm” bog’ida ko'rsatiladigan xizmatlar turlari, turistlarni qiziqtiradigan ekskursiya turlari, agroturizmni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida bilim va amaliy ko’nikmalar berildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad talaba yoshlarimizni turizmni yangi tarmoqlaridan biri bo’lgan agroturizm haqida o‘z ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Ulashish: