25.05.2026
1 daq o'qish
1
“Forecast the Future Trends with EViews” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Forecast the Future Trends with EViews” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Unda PhD tadqiqotchilari, professor-o‘qituvchilar, universitet xodimlari hamda magistratura talabalari ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchilarning ma’lumotlarni tahlil qilish va EViews dasturi yordamida prognozlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida turistlar oqimi vaqt qatorlari asosida prognoz qilish jarayoni amaliy misollar orqali tushuntirildi.
Ishtirokchilar Eviews dasturida prognoz modelini shakllantirish olingan natijalarni ilmiy tadqiqotlar, maqolalar va tahliliy hisobotlarda qo‘llash bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘ldilar.