2025-yil 7-oktabr kuni universitetimiz Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yigitlardan iborat guruh bilan universitet inspektori Sh. Qurbonov hamda tarbiyachi-pedagog G. Qo‘ldosheva tomonidan profilaktik suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida odob-axloq, tartib-intizom masalalari hamda huquqiy jihatlar bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar berildi. Jumladan, quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
Talabalarning universitetdagi hamda turar joydagi odob-axloq me’yorlari;
Tartib-intizomga rioya qilish;
Talabalar huquqlari va vazifalari;
Ijtimoiy-psixologik muammolarning oldini olish yo‘llari.
Suhbat yakunida talabalarga huquqiy resurslar, maslahat xizmatlari hamda universitet mas’ullari bilan bevosita bog‘lanish uchun telefon raqamlari taqdim etildi.
Universitet tomonidan bu kabi profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish rejalashtirilgan bo‘lib, ular talabalarning ma’naviy hamda huquqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.