Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Sun’iy intellektning zulmat tomoni” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Tyutorlar Nurmatov.Sh , Mirzakobilova.G hamda profilaktika inspektori Qurbonov.Sh qatnashdi. Tadbir davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining noto‘g‘ri va noqonuniy maqsadlarda qo‘llanilishi, kiberxavfsizlik masalalari, internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha muhim tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida virtual tahdidlarning oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish va raqamli madaniyatni shakllantirish masalalari keng yoritildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, real hayotiy misollar asosida zarur tavsiyalar oldilar. Tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.