UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talaba-qizlarning yashash sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi tashrif amalga oshirildi

29.10.2025 1 daq o'qish 1

Talaba-qizlarning yashash sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi tashrif amalga oshirildi

28-oktabr kuni reja asosida talaba-qizlarning ijarada yashayotgan xonadonlaridagi sharoitlarini o‘rganish, uy egalari bilan tanishish maqsadida mas’ullar ishtirokida navbatdagi tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida mas’ullar Samarqand shahridagi manzillarda istiqomat qilayotgan talabalar U.Ochilova va S.Saidmurodovaning ijara xonadonlarida bo‘lib, ularning yashash sharoiti, yong‘in xavfsizligi hamda boshqa texnik xavfsizlik talablariga muvofiqligini atroflicha o‘rganishdi.

Shuningdek, xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilib, ular haqida batafsil ma’lumotlar olindi va ijara uylarining tartib-intizomi, xavfsizlik darajasi, kuzatuv kameralarining mavjudligi ko‘zdan kechirildi.

Ulashish: