Bugun, 18-fevral kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida madaniyat va san’at sohasidagi muhim voqea — Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasining 2025-yilgi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Anjuman doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarni tasviriy targ‘ibot vositalari orqali keng ommaga yetkazish masalalariga qaratilgan.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboev ishtirok etib, so‘zga chiqdi va mamlakatimizda madaniyat va san’atni rivojlantirish, mahallalar obodonchiligi hamda jamiyat taraqqiyotida “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasining o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.
Seminarda taniqli yozuvchilar, shoirlar, rassomlar va san’atshunoslar ishtirok etib, kelgusi yilga mo‘ljallangan ijodiy rejalarni muhokama qilishdi.