Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim hamda madaniy hamkorlikni rivojlantirish doirasida Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi huzuridagi Campus France loyihasi vakili xonim Elis Mot va Samarqand Fransuz Alyansi direktori Marjolaine Le Gallo xonim universitetimizda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlar universitetimiz rahabriyati va “Parlons français” to‘garagi talabalari bilan muloqot qildilar. Tadbir davomida Fransiyada ta’lim olish va amaliyot dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari, talabalar uchun mavjud qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek, fransuz tilini o‘qitish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama etildi.