Bugun 28-oktabr kuni jamiyat taraqqiyoti va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda huquqbuzarlik, giyohvandlik hamda axloqsizlik kabi illatlarning oldini olish masalasida viloyat narkologiya dispanseri vrachi S.Baymirov hamda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrachi D. Axmedova ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning kelib chiqish sabablari, giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, shuningdek, axloqsizlikning ijtimoiy-ruhiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, ushbu illatlarning oldini olishda oilaning, ta’lim muassasalarining va keng jamoatchilikning o‘rni alohida ta’kidlab o‘tildi.
Davra suhbati ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va talabalarga zarur bo‘lgan amaliy tavsiyalar berishdi.