O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha tadbirlar taqvim rejasi”ning 30-bandiga muvofiq, 2025-yil 10-noyabr kuni mamlakatimizda “Ko‘chib yuruvchi hayvonlar kuni” keng nishonlanishi belgilangan. Mazkur sana munosabati bilan 2-bosqich TH-324-guruh talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga ko‘chib yuruvchi hayvonlarning global ekotizimdagi o‘rni, ularni muhofaza qilishning xalqaro va milliy dolzarbligi, migratsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hamda ekologik muvozanatni saqlashda yoshlarning mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.