Urgutda turizmga oid ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi
2026-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135-sonli “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga hamda PQ-269-sonli “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Urgut tumanidagi Tersak turizm qishlog‘ida “Ziyorat, hunarmandchilik va tog‘oldi turizmi: an’analar va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Tadbirda turizm tadqiqotchilari Xusen Ibragimov, Dilrabo Mardonova, Rogelio Flores, Erkin G‘ulomxasanov, Shafaq Shakir hamda mehmon uylari egalari va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Konferensiyaning maqsadi – mahalliy mehmon uylari egalari va turizm sohasi vakillarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jamoaviy turizm tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy turizm yondashuvlari bilan tanishtirish.
Ishtirokchilarga ziyorat, hunarmandchilik, tog‘oldi turizmi, sifatli xizmat ko‘rsatish, raqamli marketing va barqaror turizm bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berildi. Tersak turizm qishlog‘ini targ‘ib qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.