15.10.2025
1 daq o'qish
1
Universitetimizda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening o‘tkazildi
“Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “O‘zmilliybank” AJ mas’ul xodimlari hamda universitet bitiruvchilari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-trening davomida tadbirkorlik faoliyatiga qiziqqan va o‘z loyihalariga ega bo‘lgan talabalar universitetda tashkil etilgan “Kelajakka qadam markazi” hududiy bo‘linmasining mas’ul xodimlari — O. Rustamov va U. Amanbayevlarga murojaat qilishlari kerakligi tushuntirildi.