O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 6-maydagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023-yildagi PQ-135-son hamda 18.07.2024-yildagi PQ-269-son qarorlariga muvofiq oliy ta'lim muassasalariga biriktirilgan hududlarning turistik salohiyatini oshirish boʻyicha 2025-yilgi turizm mavsumiga moʻljallangan 01-16-237-son chora-tadbirlar rejasi"ning 99.2-bandi ijrosi yuzasidan "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ishlab chiqilgan maqsadli guruhlar uchun Payariq tumanida 130 soatlik qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil qilindi.
Mazkur tadbir “Mehmondo‘stlik madaniyatini rivojlantirish: hamma xizmat qiladi tamoyi asosida” mavzusiga bagʻishlanib, universitetning “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi o‘qituvchisi T.Abdulloyev hamda “Turizm” kafedrasi oʻqituvchisi S.Quvondiqov tomonidan olib borildi. "Turizm" kafedrasi o'qituvchisi Sardor Quvondiqov ma'ruza qilgan ushbu tadbirda malaka oshirish istagini bildirgan va malaka oshirish kursiga yozilgan uy mehmonxonasi, hostel, oshxona faoliyat turlari bo‘yicha ish xizmat ko‘rsatuvchi 20 nafar tinglovchi qatnashdi. Suhbat davomida mehmondo‘stlik madaniyati, turistlar oqimini jalb qilish, xizmat koʻrsatish tarmogʻi, ovqatlanish maskanlari, uy mehmonxonalari va gid-hamrohlar faoliyatining ahamiyati keng yoritildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.