UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda Xalqaro Qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

10.10.2025 1 daq o'qish 1

Universitetimizda Xalqaro Qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Bugun, 10-oktyabr kuni universitetimizda Xalqaro Qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlar uchun o‘ziga xos bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida qizlar uchun ilhomlantiruvchi chiqishlar, madaniy va badiiy dasturlar, shuningdek, faol va iste’dodli talaba-qizlar ishtirokidagi taqdimotlar namoyish etildi. Spikerlar o‘z nutqlarida qizlarning jamiyatdagi o‘rni, o‘z salohiyatini namoyon etishdagi muhim qadamlar hamda o‘z qadr-qimmatini anglash masalalariga to‘xtalib, ta’sirli fikr-mulohazalar bildirishdi.

Bugungi kunda har bir qizning imkoniyatlari yuqori bo‘lib, ular ham ta’lim, fan va ijtimoiy hayotda yetakchi bo‘la olish imkoniyatiga ega.

Ulashish: