2025-yil 7-oktyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida stol tennisi sport turi bo‘yicha “Besh tashabbus” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda, do‘stona muhitda tashkil etildi. Unda talaba-yoshlarimiz faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishdi.
Mazkur sport tadbiri yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularni sportga jalb etish va jamoaviylikni kuchaytirishga xizmat qildi.